O‘rganish davomida mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, mavjud imkoniyatlar hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, 2026-yilda Marg‘ilon shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar doirasida ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahsulotlar realizatsiya bozorini kengaytirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.