Yangiliklar

📌 Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda.

📌 Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda. https://t.me/Quvasoy_kengash/8129?single

🗓 13.03.2026 kuni 11-Isfayramsoy MFYda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash choralari ko‘rildi.

✅ Jumladan, 11-Isfayramsoy MFYda Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati M.Mexmonovga kelib tushgan Mirishkor ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Iskandarovaning murojaati ijobiy hal etildi.

🏠 Fuqaroning ehtiyojmandligi inobatga olinib, xonadonining tom qismini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan shifer mahsulotlari yetkazib berildi.

🤝 Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar Quvasoy shaharda izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3