🔹Mo'yan MFYda “Deputat turniri” tashkil etildi!
🔹Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan, Yoshlarga berilayotgan e'tibor, ularning so'glom turmush tarzida barkamol-yetuk farzand bo'lib yetishishlari hamda PQ-92 sonli qaror bilan belgilab bergan ustuvor vazifalar yuzasidan:
🔹Quvasoy shahar Mo'yan MFY okrugida yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida “Deputat turniri” bo‘lib o‘tdi.
🔹Tadbirni tashkil etishda MFY deputati U.Sodiqovga MFY yoshlar yetakchisi X.Xudoyberganov hamkorlik qildi. Turnir futbol sport turi bo‘yicha o‘tkazilib, hududdagi yoshlar va sport ixlosmandlari faol ishtirok etdilar.
🔹Turnirning muvaffaqiyatli o‘tishi MFYdagi yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va sportni rivojlantirishdagi doimiy tashabbus sifatida e’tirof etildi. Tadbir so'nggida deputat U.Sodiqov tomonidan g'oliblar munosib taqdirlandilar.