🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati A.Mannobov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonidan tumanning “S.Raximov” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuvda deputat tomonidan mamlakatimiz olib borilayotgan islohotlar, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi, 2026-yilga belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, fuqarolarning ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.