#96_ta_qonun
Qonun ijrosi mahallada o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan Ernazarqo‘rg‘on mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-364) ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘inining faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijtimoiy masalalarni hal etish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qonun talablarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)