Yangiliklar

Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U. Urmanova boshchiligida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar keskin ogohlantirildi.

Shuningdek, kelgusi haftada kotibiyatlar faoliyatini samarali va namunali tashkil etish, deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5