Deputat Shahnоza Babaeva, Gulora Ruzimova va Malika Tojieva xonadonlarida bo‘lib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi, muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.
Tashrif davomida homiy, saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilgan beg‘araz yordam asosida fuqarolarga 150 kg bug‘doy hamda turli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Ushbu amaliy yordam ehtiyojmand oilalarning ko‘nglini ko‘tarib, ularga katta madad bo‘ldi.
Inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash – jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biridir.