Yangiliklar

Saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

  Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Artikova Oybibi Sa’dullayevna tomonidan Ko‘ktom va Qadriyat mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, jumladan, ijtimoiy soha, infratuzilma, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik va boshqa dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda aholining ishonchini mustahkamlash borasida tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1