🔹O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maktabda mavjud sport zali, undagi sport anjomlari, ularning yetarliligi hamda texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, sport jihozlarining foydalanish uchun qay darajada yaroqli ekani, ularning zamonaviy talablarga mosligi va bolalar uchun xavfsizligi ham tahlil qilindi.
🔹Mazkur o‘rganish ishlari aholi, ayniqsa yosh avlodni jismonan sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda sport infratuzilmasining ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.