Yangiliklar

Kengash raisi murojaatchilar muammosini joyida o‘rganib, yer masalasiga oydinlik kiritdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengash raisi B.Ochilov o‘z okrugidagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi. Xususan, yer masalasi bilan bog‘liq muammoli vaziyatni atroflicha tahlil qilish va unga aniqlik kiritish uchun holat joyiga chiqib o‘rganildi.

Tashrif davomida murojaatchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida mavjud muammo sabablari muhokama qilinib, qonuniy yechimlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur holat yuzasidan aniq va adolatli qaror qabul qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidland

Slide 1 of 3