Yangiliklar

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi guruhi tomonidan hududlardagi ijtimoiy infratuzilma, xususan elektr taʼminoti tizimi holati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar davomida Zarbdor tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻini Nizomiy ko‘chasida joylashgan umumta’lim maktabi yonidagi transformator punktining texnik holati elektr xavfsizligi talablariga to‘liq javob bermasligi aniqlangan. Shu munosabat bilan mazkur transformator punktini ta’mirlash hamda uni to‘liq yopiq va xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi. 

Slide 1 of 2