Yangiliklar

🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Mashrabayeva 12-Toshkesar saylov okrugida joylashgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganish jarayonida hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ayniqsa ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Shu jumladan, “Gofra” qog‘ozli karobka ishlab chiqarish xususiy korxonasi faoliyati ham o‘rganildi. Korxonada ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.
🔹Korxona rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi bandligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🔹Bunday o‘rganishlar hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8