8-“Amir Temur” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Eshqobilova Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 36-umumta’lim maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida kutubxona – bu shunchaki kitoblar saqlanadigan joy emas. Bu inson qalbini osoyishtalikka chorlovchi makon, tafakkurni kengaytirib, fikrlarni charxlaydigan maskandir. Har bir kitob jovoni – minglab dunyolar eshigi, har bir sahifa esa insonni o‘ziga chorlaydigan sehrli yo‘l ekanligi o‘quvchilarga tushuntirish berdi.