Yangiliklar

Ustoz va murabbiylar ishtirokida ma’naviyatga bag‘ishlangan suhbat

Toshloq tumani Besarang mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 32-umumta’lim maktabida ustoz va murabbiylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman kengashi deputati D.Ismoilov so‘zga chiqib, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga yo‘naltirish, shuningdek, pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Slide 1 of 4