Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Mamadiyev Taraqqiyot mahallasiga tashrif buyurib, mahalla nuroniylari bilan mazmunli va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida muborak Ramazon oyining ezgu fazilatlari, mehr-oqibat va saxovat g‘oyalarini yanada keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda uzoq muddat davolanayotgan fuqarolar holidan muntazam xabar olish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, iftorlik tadbirlarini ixcham va kamtarona ruhda tashkil etish, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish hamda rejalashtirilgan mablag‘larni mahalladagi ehtiyojmand oilalarga xayriya qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
Deputat nuroniylardan ushbu savobli tashabbuslarni taroveh namozlari jarayonida keng targ‘ib etish orqali jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shishlarini so‘radi.
t.me/_tuman_Kengash