Yangiliklar

Aholi murojaatlari o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova tuman hokimi o‘rinbosari A.Rixsitillayev bilan birgalikda “Pargos” mahallasining Sarkarda ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida Sarkarda ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashib, ichki ko‘chaning 650 metr qismini shag‘allashtirish orqali ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

🔹Shuningdek, aholiga ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlarini “Ochiq buyudet” loyihasi doirasida amalga oshirish mumkinligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolar tashabbusi bilan kiritilgan loyihalarga ovoz berishda faol ishtirok etishlari so‘raldi.

Slide 1 of 2