Yangiliklar

Tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligi — barqaror daromad va farovonlik manbai

“Yangiyer” mahallasida yashovchi Normo‘minova Sharofat xonadonida 6 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etib, pomidor, bodring hamda gul ko‘chatlari yetishtirib kelmoqda.

 Sharofat opa tomorqasidan samarali foydalanib, nafaqat oila daromadini oshirmoqda, balki mahallada boshqalarga ham o‘rnak bo‘layotgan namunali tomorqachilardan biriga aylangan.

Deputatlar issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini ko‘paytirish va ichki bozorda arzon hamda sifatli mahsulotlar yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.

Slide 1 of 4