Mahallada ijtimoiy adolat: Deputat o‘rganishi
12-Saidobod saylov okrugi deputati N.Ubaydullayeva ishtirokida mahallalarda
aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash holati
o‘rganildi.
Diqqat markazida:
Ijtimoiy xizmatlar sifati: Mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va sifati tahlil qilindi.
Nafaqa va moddiy yordam: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va
moddiy yordam pullarini tayinlash hamda o‘z vaqtida to‘lanishi jarayoni ko‘zdan
kechirildi.
"Har bir ehtiyojmand oila davlatning e’tiborida bo‘lishi va ajratilgan
yordam o‘z egasiga shaffof tarzda yetib borishi shart."
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli
tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.