Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yana bir ezgu tashabbus — amaliy natija!

Yana bir ezgu tashabbus — amaliy natija!

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azamjon Kasimov tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar jalb etildi. Mahalla faollari bilan birgalikda Lashkar MFY hududidagi Yangi turmush ko‘chasida joylashgan 25 ta xonadonga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlandi.

Yillar davomida kutilayotgan masalaga yechim topilib, aholi uchun muhim hayotiy ne’mat — toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lida amaliy qadam tashlandi.

Bu faqat infratuzilma emas — bu inson qadri, turmush farovonligi va kelajakka ishonch demakdir.

Hududni obod qilish, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etadi.

Slide 1 of 5