Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati Nodira Baynazarova Beshbuloq mahallasida saylovchilar oldida axborot berdi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 2-Beshbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Nodira Baynazarova o‘z saylov okrugida joylashgan “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-umumta’lim maktabida, o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv jarayonida saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.  

Fuqarolarning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha tuman tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.  

Slide 1 of 7