Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turdiyev tumandagi 48-umumta‘lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan savodxonlik tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida jajji o‘quvchilarning ilk o‘qish va yozishdagi yutuqlari namoyish etildi. Bolajonlar she’rlar o‘qib, sahna ko‘rinishlari orqali o‘z bilim va iqtidorlarini ko‘rsatdilar. Deputat yosh avlodning savodli, bilimli va ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishi yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim omil ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, o‘quvchilarga o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha iliq tilaklar bildirildi. Bunday tadbirlar yoshlarning ilk qadamlari mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.