Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari R.Fozilov va S.Ubaydullayeva Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sevara Ubaydullayeva, Ravshan Fozilov, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Raxmatullaev, O‘zLiDeP Olmazor tumani Kengashi raisi Jasurbek Turapovlar ishtirokida hamda partiya vakillari bilan birgalikda Olmazor tumanidagi “Ahil” va “Elparvar” mahallalarida bo‘lib, mahallalar hududidagi 21-Oilaviy poliklinika, 315-umumta’lim maktabi, mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mas’ullar bilan uchrashildi. 

️Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berib o‘tdilar hamda joylarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5