Yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra’no Fozilova tumandagi "Beshkapa" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o'rgandi.

📝Jumladan, mahalladagi yoshlar yetakchisining amalga oshirayotgan ishlari, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar hamda hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Xususan, aholining farovonligini oshirish va ularni kam­ba­g‘al­likdan chiqarishga qaratilgan tashabbuslarning ijrosi bo‘yicha atroflicha tahlil olib borildi.

✅Mazkur o‘rganish jarayoni mahallada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi

Slide 1 of 4