Tuman va viloyat Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Q.Кo`ziev hamda tuman Kengashi deputati Sh.Abdug`ofurovlar “G`alaba” mahallasidan o`tuvchi ichki yo`llarda olib borilayotgan rejali ta`mirlash
ishlari sifatini o`rgandilar. O`rganish jarayonida yo`lsozlar bilan suhbat o`tkazilib, ta`mirlash ishlarini belgilangan me`yoriy talablar asosida sifatli amalga oshirish yuzasidan mas`ullarga tegishli ko`rsatmalar berildi.