Xalq deputati Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Umurzaqov tomonidan Do‘rmancha mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ekologik-ma’naviy ishlar amalga oshirildi.
Tadbir mahalladagi aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, bolalar ta’lim maskanida yashil muhit yaratish va hududni obodonlashtirishga qaratildi. Unda mahalla faollari, 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari faol ishtirok etishdi.
Ta’lim tashkilotidagi mavjud sharoitlar, obodonlashtirish va atrof-muxitni toza saqlashga oid masalalar o‘rganilib, taklif va murojaatlar eshitildi.