Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Коррупцияга қарши курашиш вилоят Ҳудудий кенгаши аъзолари учун семинар-тренинглар бўлиб ўтди.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш вилоят Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Жиззах вилоятида Сенатор ва Ёшлар учрашуви бўлиб ўтди.
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан вилоят Кенгашининг қарори ижроси юзасидан ижтимоий соҳа обектларига берилаётган кўмир сифати ҳамда мазкур масалада аҳолини қийнаб келаётган бошқа муаммолари муҳокама қилинди.
янв.21
“Энг намунали маҳаллий Кенгаш” танловини ташкил этиш бўйича Бахмал туманида намунали семинар ўтказилди.
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан вилоят Кенгашининг қарори ижроси юзасидан ҳудудларни ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш шунингдек, ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, коррупцияга қарши курашиш ва аҳолини қийнаб келаётган бошқа муаммоларни жойига чиққан ҳолда ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.
янв.21
муносабат
янв.21
Жиззах вилояти Коррупцияга қарши курашиш Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилишлари туманларда бўлиб ўтмоқда.
янв.21
Жиззах вилоятида сенатор иштирокида Сенатнинг ўнинчи ялпи мажлисида кўриб чиқилган масалалар юзасидан тарғибот тадбири ўтказилди
янв.21
Жиззах вилояти Коррупцияга қарши курашиш Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Bugun
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
 

  

Bugun Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyatida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi
“Reglament va deputatlik odob-ahloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning
navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda tuman
Kengashi deputatlari, kotibiyat mutasaddilari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok
etdilar. Komissiya raisi I.Abduraxmonov yig‘ilishni ochar ekan, deputatlik mas’uliyati
va odob-ahloqi har bir xalq vakili uchun nainki xizmat burchi, balki Vatan va xalq
oldidagi muqaddas qasam ekanini alohida ta’kidladi.
 

Komissiya raisi
kun tartibidagi masala bilan tanishtirib, tegishli qarorlar tasdiqlandi.
 

Muhokamalar jarayonida
deputatlik faoliyatida har bir qadam qonun ustuvorligi, xalq dardiga hamdardlik
va yuksak madaniyat bilan hamohang bo‘lishi shartligi qayd etildi. Chunki deputat
– bu xalqning ishonchli vakili, uning so‘zida haqiqat, amalida adolat, munosabatida
esa samimiyat mujassam bo‘lishi lozim.
 

Shu boisdan, bugungi
yig‘ilish nafaqat kun tartibidagi masalalar muhokamasi, balki deputatlik burchi
va mas’uliyatini yana bir bor chuqur his etishga xizmat qildi.
 

Albatta, xalq dardini
eshitib, uni o‘z dardi deb qabul qiladigan, qonun talablariga qat’iy rioya etadigan
va yuksak odob-ahloqi bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘ladigan deputatlarimiz yurtimiz
taraqqiyotining poydevori, xalq ishonchining eng katta tayanchi hisoblanadi.
 

   

Slide 1 of 3