Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Вилоят Кенгаши сессиясида берилган топшириқлар ижроси депутатлар томонидан жойига чиққан ҳолда ўрганилди
янв.21
Xалқ депутатлари вилоят Кенгаши ҳузуридаги компенсация комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлари аҳоли мурожаатлари юзасидан Ғаллаорол туманида ўрганишлар олиб борди
янв.21
Олий Мажлис Сенати Кенгашининг ялпи мажлиси кун тартибидаги масала ижроси вилоят Кенгаши депутатлари томонидан ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутатлари аҳоли мурожаатлари юзасидан Бахмал туманида ўрганишлар олиб борди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг 28-сессиясида деутатлар томонидан юборилган депутат сўровларига ўз вақтида жавоб бериш ҳолатлари танқидий муҳокама қилинди.
янв.21
Доимий комиссия йиғилишида деутатлар томонидан вилоятдаги қаттиқ маиший чиқиндилар билан боғлиқ хизмат кўрсатиш ишлари муҳокама қилинди
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгашининг Коррусияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг йиғилишида вилоят Кенгаши ҳузуридаги Эксперт гуруҳи аъзолари иштирок этишди.
янв.21
Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг Коррусияга қарши курашиш ва хавфсизлик масалалари бўйича доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Вилоят Кенгашининг Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси йиғилиши бўлиб ўтди.
Mahalliy sanoat – yangi bosqichda: xalqaro sertifikat, brend va eksportga oid dolzarb vazifalar

Mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, eksport salohiyatini yanada oshirish va ishlab chiqarishni kengaytirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda yaqinda Prezidentimiz rahbarligida “Mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar” yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda davlatimiz rahbari bugungi kundagi yutuqlar bilan bir qatorda, mavjud muammolarni ochiq tahlil qildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriq va takliflarni ilgari surdi.

Eksportda ijobiy o‘sish, ammo tizimli yondashuv talab qilinmoqda

Ta’kidlanganidek, joriy yilning dastlabki 4 oyida mamlakat eksporti 20 foizga oshdi. Bu, ayniqsa, kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, axborot texnologiyalari, turizm va transport xizmatlari hisobiga ta’minlandi. Bu sohalarda olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi.

Biroq yig‘ilishda alohida urg‘u berilgan muhim masala – to‘qimachilik sohasida eksport hajmining pasaygani bo‘ldi. Xususan, joriy yilning to‘rt oyida bu sohada eksport 825 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 175 million dollarga kamaygani qayd etildi. Davlatimiz rahbari bu holatni quyidagicha izohladi:

“Ko‘pchilik korxonalar sifatli mahsulot ishlab chiqarayapti. Biroq bu sifatni isbotlovchi xalqaro sertifikatlar yo‘qligi, mahsulotimizning yetarlicha tanilmagani sababli uni tashqi bozorlarda arzon bahoda sotishga majbur bo‘lyapmiz.”

Xalqaro sertifikat – eksport kaliti

Hozirgi kunda to‘qimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ortiq yirik va o‘rta korxonalardan atigi 244 tasida xalqaro sertifikat mavjud. Shu bois yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasiga ushbu korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish, ularni xalqaro sertifikat olish jarayoniga keng jalb etish topshirildi.

Quyidagi aniq vazifalar belgilandi:

Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 20 taga yetkazish;

Qolgan barcha hududlarda kamida 10 tadan korxonani sertifikatlash jarayoniga jalb etish.

Bu chora-tadbirlar mahsulotlarning qo‘shilgan qiymatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishga xizmat qilishi kutilmoqda.

🇺🇿Milliy brend – xalqaro maydonga olib chiqilmoqda

Yig‘ilishda yana bir dolzarb yo‘nalish – milliy brendlarni rivojlantirish masalasi ham ko‘tarildi. Shu bois Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil etilishi belgilandi. Bu kompaniya quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi:

♾xorijdan malakali dizayner, marketing va PR mutaxassislarini jalb etish;

♾xalqaro sertifikatga ega, sifatli va eksportbop kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab olish;

♾tanlab olingan mahsulotlarni targ‘ib qilish, sifat belgilari bilan ta’minlash va xalqaro brendga aylantirish.

Ushbu tizim orqali milliy mahsulotlar xorij bozorlarida o‘z o‘rnini topishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari to‘liq namoyon bo‘lishi kutilmoqda.

🇺🇿Xulosa o‘rnida, bugungi islohotlar jarayoni ko‘rsatmoqdaki, sifatli ishlab chiqarish, xalqaro talabga javob beruvchi sertifikat va brend siyosati – zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbuslar yaqin kelajakda milliy mahsulotlar eksporti va raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi.

Davlat, jamiyat va xususiy sektor bu boradagi harakatlarni uyg‘unlashtirgan taqdirda, nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki milliy mahsulotlarimizning dunyo miqyosida e’tirof etilishi ta’minlanadi.

Sh.Djalolov

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati

Slide 1 of 1