Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Коррупцияга қарши курашиш вилоят Ҳудудий кенгаши аъзолари учун семинар-тренинглар бўлиб ўтди.
янв.21
Коррупцияга қарши курашиш вилоят Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Жиззах вилоятида Сенатор ва Ёшлар учрашуви бўлиб ўтди.
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан вилоят Кенгашининг қарори ижроси юзасидан ижтимоий соҳа обектларига берилаётган кўмир сифати ҳамда мазкур масалада аҳолини қийнаб келаётган бошқа муаммолари муҳокама қилинди.
янв.21
“Энг намунали маҳаллий Кенгаш” танловини ташкил этиш бўйича Бахмал туманида намунали семинар ўтказилди.
янв.21
Вилоят Кенгаши депутатлари томонидан вилоят Кенгашининг қарори ижроси юзасидан ҳудудларни ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш шунингдек, ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, коррупцияга қарши курашиш ва аҳолини қийнаб келаётган бошқа муаммоларни жойига чиққан ҳолда ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.
янв.21
муносабат
янв.21
Жиззах вилояти Коррупцияга қарши курашиш Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилишлари туманларда бўлиб ўтмоқда.
янв.21
Жиззах вилоятида сенатор иштирокида Сенатнинг ўнинчи ялпи мажлисида кўриб чиқилган масалалар юзасидан тарғибот тадбири ўтказилди
янв.21
Жиззах вилояти Коррупцияга қарши курашиш Ҳудудий кенгашининг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди
#MUNOSABAT

 Tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar 

Tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati mamlakatda ishbilarmonlik muhitini tubdan o‘zgartirdi. Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bugungi kunda erishilgan natijalar bilan birga, kelgusida amalga oshiriladigan muhim chora-tadbirlar ham belgilandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi yillarda 139 ming korxonada ish o‘rinlari 811 mingtaga ko‘paydi. Xodimlar soni 2,2 milliondan 3 million nafarga yetdi. 273 ming korxonada ish haqi fondi 22 foizga yoki 4,6 trillion so‘mga oshdi. Bu raqamlar mamlakatda tadbirkorlik rivojlanishining aholining daromadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. 

2024 yili xususiy sektorda o‘rtacha oylik ish haqi 4 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 5 million so‘mga yaqinlashdi. Ayni vaqtda tadbirkorlik sohasidagi sun’iy to‘siqlar olib tashlanishi orqali faoliyat yuritish imkoniyatlari yanada
kengaydi. Davlatimiz rahbari eng ilg‘or va fidoyi tadbirkorlarning 49 nafari davlat mukofotlari, 112 nafari esa “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu esa tadbirkorlarga bo‘lgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. 

Muloqotda kichik tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, yangi imkoniyatlar yaratish va tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi. Shu tariqa, O‘zbekistonda tadbirkorlik faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki xalqimiz farovonligini ta’minlashning ham asosiy omili sifatida qaror topmoqda. 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Allamov