19 iyun kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga
tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Sessiyani Xalq deputatlari tuman kengashi Raisining o‘rinbosari – “3-Do‘stlik” saylov okrugidan deputat Madamin Kazakov ochdi va olib bordi. Kun tartibiga muvofiq, dastlab sessiya kotibi saylab olindi. “11-Xolimbeg” saylov okrugidan deputat Shuhrat Matirzaev nomzodi bir ovozdan ma’qullandi. Shundan so‘ng sessiya kun tartibi va reglamenti tasdiqlandi.
Sessiya davomida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
📌Amudaryo tumanining https://t.me/amunewsuz kanaliga
a’zo bo‘ling!