Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 18-Ishonch saylov okrugidan deputat V.Xaitov joriy yilning 20-iyun kuni Ishonch MFYdagi “Paxtachi, Ozodlik, Bastakor” ko‘chalarida yashovchi fuqarolarining xodanlarida ichimlik suvi chiqmayotganligi to‘g‘risidagi murojaatini o‘rgandi. Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotga og‘zaki murojaat orqali ichimlik suv chiqish tik quduq ta’mirlandi va ushbu ko‘chalardagi xonadonlar ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
19-Baxmal saylov okrugidan deputat A.Eltayev joriy yilning 20-iyun kuni Baxmal MFY Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uyda yashovchi Kamolova Xayitgulning kredit olib chova qilish to‘g‘risidagi murojaatin o‘rgandi. Murojaat yuzasidan mahalla hokim yordamchisi va bank agenti xodimlari bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi, xujjatlar rasmiylashtirilib murojaat ijobiy xal qilindi.