IV-Toshkent xalqaro investisiya forumi 100 dan ortiq davlat vakillari va 3 mingga yaqin xorijiy ishtirokchilarni birlashtirib, O‘zbekistonning global iqtisodiy hamjamiyatda tobora muhimroq o‘rin egallayotganini ko‘rsatdi. Forum davomida muhokama qilingan soliq barqarorligi, investorlar uchun kafolatlangan shart-sharoitlar va 40 dan ortiq amaliy takliflar asosida ishlab chiqilayotgan “yo‘l xaritasi” mamlakatimizda biznes muhitining yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shmoqda.
O‘tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani -to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir.
Biz, xalq vakillari forumda ko‘tarilgan barcha dolzarb masalalar va tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.