Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, san’at, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, tadbirkorlik va kasb-hunar yo‘nalishlariga keng jalb etish, shuningdek uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya tomonidan hisobot ma’lumot uchun qabul qilinib, mazkur masalani xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tumandagi 43 ta mahalla, 52 ta maktab, “Kelajak markazi” hamda madaniyat va sport muassasalarida yoshlarning bandligini ta’minlash, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshiriladi.

Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!

Slide 1 of 2