Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
YANGIOBOD MAHALLASIDAGI ZOVUR YOPIQ DRENAJ SHAKLIGA OʻTKAZILADI: AHOLI SALOMATLIGI VA OBODLIK YOʻLIDA MUHIM QADAM!

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi.

Muammo nimada edi? Urganch shahar "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig'inining "Turkiston" va "Xalq so'zi" ko'chalarini kesib o'tuvchi ochiq zovur uzoq vaqtdan buyon hudud aholisining sog'ligiga, yashash sharoitiga hamda kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib kelayotgan edi.

Qanday yechim belgilandi? Ushbu zovurni yopiq drenaj shakliga oʻtkazish orqali hududda:
🔹 Turli yuqumli kasalliklarga chalinish va boshqa salbiy oqibatlarning oldi olinadi;
🔹 Atrof-muhit ekologik holati yaxshilanib, hudud obod etiladi;
🔹 Eng muhimi, bo'shagan maydonda tadbirkorlik rivojlantiriladi va mahalla aholisi uchun yangi ish o'rinlari yaratiladi.