Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI BOSHLANDI

ISHCHI GURUH O‘RGANISHLARI BOSHLANDI

🔹 “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan soha vakillari, deputatlar, XDP va “Adolat” SDP raislari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.
🏥 O‘rganish dastlab tuman Tibbiyot birlashmasida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Qo‘shimcha birlamchi ko‘mak xonasidan boshlandi.
📊 O‘rganish davomida mazkur xonada yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam sifati hamda amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi tahlil qilindi.
✅ Ishchi guruh tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 6