Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Parchayuz mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov Parchayuz mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni kamaytirish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish jarayonida, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish, muammoli nuqtalarni aniqlash hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tinch va xavfsiz mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 3