Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Chinoz tumani.Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 2–Xamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Xamza” MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar holati o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida bugungi kunda “Xamza” MFYda joriy yilning yanvar–aprel oylarida 27 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat boshlagani ma’lum bo‘ldi.

💰 Shuningdek, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida aholiga jami 640 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilib, natijada 54 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

📈 Bundan tashqari, norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek YATT va MCHJ tashkil etish orqali ularning faoliyatini qonuniylashtirish ishlari olib borilmoqda.

🤝 O‘rganish yakunida aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4