Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati O'.Rajabov tomonidan Uzun tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📝Deputatlik so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 134-son qarori ijrosi doirasida mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📊Xususan, 2025-yil va 2026-yilning birinchi choragi davomida har bir mahalla kesimida alohida tartibda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berish talab etilgan.

✅Jarrohlik amaliyotisiz davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash;
✅Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur ehtiyojlar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
✅Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lovlari;
✅Uy-joylarni ta’mirlash, shu jumladan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar yashash sharoitlarini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘lar;
✅Kommunal xizmatlar va ular bo‘yicha qarzdorliklarni qoplash;
✅Ko‘mir va boshqa yoqilg‘i mahsulotlari bilan ta’minlash xarajatlari;
✅Yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun ko‘rsatilgan yordamlar;
✅Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
✅Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar;
✅Ko‘p qavatli uy-joylarga pandus va ko‘tarish moslamalarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

📌Mazkur deputatlik so‘rovi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan.

☑️Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati