Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Deputat nazorati

SPORT INFRATUZILMASINI YAXSHILASH — YOSHLAR TARBIYASIGA XIZMAT QILADI

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati tomonidan 7-Quyun saylov okrugida joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida maktab sport zali holati alohida e’tiborga olinib, mavjud muammolar aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mazkur sport zali deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar ko‘magida zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari O‘. Abduqodirov hamda G. Erkinovalar deputat bilan birgalikda joyiga chiqib, amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud holatni atroflicha ko‘zdan kechirdilar.

Bu kabi ishlar hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 4