Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
TUMANDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK BO‘YICHA QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

 TUMANDA SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK BO‘YICHA QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari,
huquqshunoslar, Kengash huzuridagi ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhi
a’zolari, shuningdek, siyosiy partiyalari vakillaridan iborat ishchi guruh
tomonidan tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik
osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-393-son Qonuni ijrosi bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayoni ishchi guruhning bo‘lim rahbariyati va xodimlari bilan
ochiq muloqoti bilan boshlandi.

Muloqot
davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda davlatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev
rahbarligida barcha sohalarda izchil amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning xalq farovonligini oshirishga
qaratilgan ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Shu bilan birga, “Inson qadrini ulug‘lash va xalq manfaatlarini ta’minlash”
tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarda, shu jumladan
tumanimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish hamda aholi
turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli
bunyodkorlik ishlari alohida ta’kidlandi.


Shuningdek, bo‘lim tomonidan tumanda “Aholining sanitariya-epidemiologik
osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
yuzasidan o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar ishtirokchilarga
yetkazildi.
  

Slide 1 of 5