Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Deputatlar Prezident tashabbuslari mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etadi.

Yig‘ilishda Kengashning doimiy komissiyalari raislari va faol deputatlar ishtirok etib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslarni joylarda keng tushuntirish, ularning ijrosini ta’minlash va aholiga yetkazish masalalarini muhokama qildilar.

 Ta’kidlanganidek, Prezident tomonidan madaniyat va san’at sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim yangiliklar e’lon qilindi.

 Har yili 1 ming nafar shoir, yozuvchi, rassom, muzey xodimi hamda madaniyat va san’at sohasi vakillariga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

 Boshqa hududdan kelib ishlayotgan madaniyat va san’at xodimlarining ijara xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

 2026-yil 1-sentabrdan boshlab ashula va raqs ansambllari xodimlarining ish haqi 2 baravar oshiriladi.

 Raqs san’ati vakillari uchun pensiya tayinlashda talab etiladigan staj 20 yildan 15 yilga qisqartiriladi.

 Har yili faoliyatida yuqori natijalarga erishgan 1 ming nafar soha xodimi davlat hisobidan bepul davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 Kamida 10 yil mehnat qilgan madaniyat va san’at sohasi vakillariga sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar beriladi.

 Xalq artisti, xalq shoiri va xalq yozuvchisi kabi yuksak faxriy unvon sohiblari aeroport va vokzallardagi VIP zallardan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

 Yig‘ilish yakunida ushbu tashabbuslarning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa madaniyat va san’at sohasi vakillari orasida keng targ‘ib etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.