Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
QO‘QON SHAHAR “MUQIMIY” BOG‘IDA EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI VA DARAXTLARNING AHVOLI O‘RGANILDI!

Qo‘qon shahar “Muqimiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil maydonlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sohaga oid bir qator muhim qonunlar ijrosi va mavjud holat tanqidiy tahlil qilindi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:
Qonun ustuvorligi: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” gi hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunlari talablarining bog‘ hududida bajarilish holati;
Daraxtlar muhofazasi: Istirohat bog‘idagi ko‘p yillik va noyob daraxtlarni saqlash, ularni noqonuniy kesilishidan himoya qilish hamda agrotexnik parvarish tizimi;
Ekologik nazorat: Hududning umumiy ekologik va sanitariya holatini yaxshilash choralari.

Muhokama va ko‘rilgan choralar:
Komissiya a’zolari va mutaxassislar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda bog‘ hududidagi yashil fondni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, kasallangan daraxtlarni o‘z vaqtida davolash hamda sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida doimiy ekologik reydlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish belgilandi.

Bog‘ nafaqat aholining dam olish maskani, balki shaharning muhim "yashil o‘pkasi" hisoblangani bois, bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida bog‘ hududida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, daraxtlar va yashil maydonlar holatini kompleks o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida e’tibor qaratiladigan asosiy yo‘nalishlar, jumladan daraxtlarning fitosanitar holati, sug‘orish tizimlarining ishlashi, ekologik va sanitariya talablariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan savolnoma doimiy komissiya qarori bilan tasdiqlandi.

Komissiya tomonidan o‘rganish natijalari asosida tegishli tashkilotlarga tavsiyalar kiritish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3