“Uch avlod uchrashuvi” tamoyili asosida o‘tkazilgan tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova ishtirok etdi.
Mahalla “yettiligi” hamda saxovatpesha homiylar ko‘magida tashkil etilgan bayram dasturi doirasida bolajonlar uchun turli ko‘ngilochar o‘yinlar, sport musobaqalari, qiziqarli chiqishlar va animatorlar dasturi namoyish etildi. Faol ishtirok etgan jajji qatnashchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida bolajonlarning quvonchli kulgusi, samimiy tabassumi va ko‘tarinki kayfiyati bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Bizni kuzatishda davom eting!