Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Aholi murojaatlari bilan ishlash va ularni ijobiy hal etish xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish bo‘yicha navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

O‘rganish davomida mahalladagi 105-, 106- va 107-ko‘p qavatli uylar oldida qurilgan yangi turar joy binosi bilan bog‘liq qator muammolar ko‘rib chiqildi. Xususan, qurilish hududidagi muhofaza to‘siqlarining me’yorlarga mos kelmasligi, drenaj va oqova suv tizimining nosoz holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ekologik vaziyat bo‘yicha aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda Qurilish inspeksiyasi, drenaj tizimi mutasaddilari va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, unda hududdagi ekologik holatni yaxshilash, oqova suv tizimini ta’mirlash va sanitariya talablariga rioya etilishi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish hamda amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, natijalar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

Xalq manfaatlari va aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4