Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌸🏛 Ayollar muammolari va takliflari deputatlar e’tiborida

📍 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim masalalari yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi.

📝 Bildirilgan murojaatlar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🌿 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, xotin-qizlarning muammo va ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5