Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Farovon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

#24_ta_masala
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Farovon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, yil boshidan buyon 32 nafar fuqaroga 648,96 mln so‘m kredit ajratilib, 11 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ijara yerlarida 7,23 gektar maydonda ekinlar ekilib, aholi tomorqalarida serdaromad ekinlar yetishtirishni kengaytirish maqsadida 4 ta artezian qudug‘i qazilgan.

Mahallada xizmat ko‘rsatish, sanoat va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida mikroloyihalar ishga tushirilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy reyestrdagi 46 ta oila bilan ishlash holati o‘rganilib, ularning daromadini oshirishga qaratilgan individual dasturlar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik va bandlik ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2