Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati O. Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
 Jumladan, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida hududdagi ko‘cha yoritgichlari, videokuzatuv vositalari, fuqarolar yig‘ini va mas’ul tashkilotlar hamkorligidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi taklif va mulohazalar tinglandi.

Deputat tomonidan PQ–1-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz yashash muhitini yaratish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5