Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 1-5-iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 1-5-iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

🪐 Hafta davomida:

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssislar Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Uzun tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva

✅Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik faoliyatiga ko'maklashish va natijasini ijtimoiy tarmoqlarda ommaga yoritish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev

✅Hududlarda o'rganishlar davomida aholi muammo va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlarini chiqarish va ijrosini nazoratga olish.
Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅Shuningdek, Kengash xronametraji asosida kunlik ishlarni bajarish, Kengash qarorlari bajarilishi ijrosini nazorat qilish, O'tgan hafta davomidagi aholi murojaatlari tahlili, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holatini tahlili va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish.
Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅Hafta so'ngida Kengashning haftalik dayjestini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, Kelgusi hafta uchun Kengash ish rejasini ishlab chiqish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva.