Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Oʼrganishlar Vobkent tumanida 2026-yilda mahalla infratuzilmasini yaxshilash orqali xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiluvchi loyihalar yuzasidan tashkil etildi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 495-sonli qaroriga asosan tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi tomonidan ishlab chiqilgan “drayver” loyiha manzilli roʼyxati xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritilgan.

🌿 “Vobkentdaryo” kanali boʼyida zamonaviy sohil boʼyi saylgohini barpo etish loyihasiga koʼra, A.Donish koʼchasidan “Narchoqtepa” qadamjosigacha boʼlgan 1,7 km hududda aholi va mehmonlar uchun qulay dam olish hamda xizmat koʼrsatish maskani tashkil etish rejalashtirilmoqda.

✔️ Loyiha doirasida:
💡 elektr tarmogʼi tortish;
 ⚠️ 250 kVA transformator oʼrnatish;
➡️ piyodalar va salomatlik yoʼlagi qurish;
🔘 quyosh panelli tungi yoritish chiroqlarini oʼrnatish;
📊 WORKOUT maydonchalari tashkil qilish;
🌳 oʼrindiqlar oʼrnatish;
⬜️ kanalning PK-307 dan PK-324 gacha boʼlgan 1,7 km qismini betonlashtirish ishlari amalga oshirilishi koʼzda tutilmoqda.

✅ Oʻrganish yakunida mazkur masalalarni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha muhokama qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4