Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Z.Madaminova tomonidan “Avg‘onbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi kanalizatsiya va ichki yo‘llar masalasi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga mas’ul tashkilot tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida “Avg‘onbog‘” MFY hududidagi Yoshlarobod hamda Ziyokor ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga kanalizatsiya quvurlarini tortish va ichki ko‘chalarni ta’mirlash masalalari ko‘tarilgan edi.

Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan yuborilgan rasmiy javobda qayd etilishicha, mazkur ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha takliflar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan axborot portaliga joylashtirilgan.

Bildirilishicha, fuqarolar tomonidan ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlanib, ovoz berish ishlari yakunlangandan so‘ng ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida oqova suv tarmog‘ini tortish ishlari bo‘yicha Germaniya va O‘zbekiston hamkorligida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan dasturga tegishli takliflar kiritilgani ma’lum qilindi.

Hozirgi kunda Germaniyaning “KWF” banki tomonidan moliyalashtiriladigan mazkur loyiha yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

Aholi murojaatlarini tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi