Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Infografika_deputatlar_faoliyati
янв.21
Deputat o‘rganishlar markazida: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi va deputat nazorati
янв.21
Deputat nazorati: tibbiy xizmat sifati va dori-darmon ta’minoti tahlili
янв.21
Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda
янв.21
Mustaqillik mahallasida ijro intizomi va tadbirkorlik samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq manfaati yoʻlida: ichimlik suvi ta’minoti doimiy nazoratda
янв.21
Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Jarqo'rg'on tumanida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi
янв.21
"Madaniyat" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Deputat nazorati: Tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Obod qabriston — o‘tganlarga hurmat ifodasi

 Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 23–24-may kunlari xayriya hasharlari doirasida Bekobod shahrining barcha qabristonlarida erta tongdan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Ushbu hasharlarda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati O‘zLiDeP a’zosi "Nuroniy" jamg'armasi Bekobod shahar bo'limi raisi T.Niyozov hamda mahallalarning faol nuroniylari bosh-qosh bo‘lib, qabriston hududlarini tozalash, ariq-zovurlarni tartibga keltirish, daraxt va gullarga parvarish ko‘rsatish ishlarida faol ishtirok etdilar. Nuroniylar tomonidan o‘tganlar xotirasini yod etish, muqaddas qadamjolarni obod saqlash va yosh avlodga ezgu qadriyatlarni singdirish borasida ibratli ishlar amalga oshirildi. Bu kabi xayrli tadbirlar xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va inson qadrini ulug‘lash kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Hashar so‘ngida deputat T.Niyazov tomonidan hasharda ishtirok etgan nuroniylar uchun dasturxon yozilib, o‘tganlar haqiga duoi fotihalar o‘qildi.  

Slide 1 of 5